Hisobni o'chirish
Utax hisobingizni va unga bog'liq ma'lumotlarni ikki usulda o'chirishingiz mumkin.
1-usul: ilova ichida
- Ilovani oching va Profil bo'limiga o'ting.
- Pastdagi "Hisobni o'chirish" tugmasini bosing.
- Tasdiqlang. Hisob darhol bloklanadi va 30 kun ichida to'liq o'chiriladi.
2-usul: so'rov yuborish
Ilovaga kira olmasangiz, ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizni ko'rsatib info@u-taxi.uz manziliga xat yozing. Tasdiqlash uchun shu raqamga SMS kod yuboramiz. So'rov 7 ish kuni ichida bajariladi.
Nima o'chiriladi
- Profil: ism, telefon, foydalanuvchi nomi, rasm, til, push-token.
- Haydovchi hujjatlari: barcha rasmlar va avtomobil ma'lumotlari.
- Chat xabarlari, sharhlar (anonimlashtiriladi), bloklangan ro'yxat, promo-kodlar.
Nima saqlanib qoladi
- Safarlar va to'lov tranzaksiyalari qonun talab qiladigan muddat davomida shaxsga bog'lanmagan (anonim) ko'rinishda saqlanadi.
- Qoidabuzarlik tufayli bloklangan hisoblar haqidagi yozuv qayta ro'yxatdan o'tishning oldini olish uchun saqlanishi mumkin.
Haydovchi balansida pul qolgan bo'lsa, hisobni o'chirishdan oldin info@u-taxi.uz orqali qaytarish uchun murojaat qiling.